Qo`qon shahar Muqimiy shaharchasi 1-uy
info@30-maktabim.uz
+ 998 73 551 06 45

Maktabimiz haqida

Maktab haqida asosiy ma'lumotlar

30-umimiy o`rta ta'lim maktabi O`zbekiston Respublikasining "Ta'lim to`g'risida"gi, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to`g'risida"gi Qoninlari va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 15 martdagi "Umumiy o`rta ta'lim to`g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 140-sonli qaror asosida tashkil etilgan. Maktabning binosi 1985 yilda qurulib ishga tushirilgan. Maktab 1200 o`rinli bo`lib, hozirgi kunda maktabda 1-4 sinflarda 627 nafar, 5-11 sinflarda 681 nafar jami 1308 nafar o`quvchi 41 ta sinfda, 2 smenada o`zbek va rus tilida ta'lim olmoqda. Sinf xonalari soni 45 ta bo`lib, shundan 6 ta fan o`quv xonasi mavjud. Maktabda sportzal, futbol, valeybol, basketbol maydonlari va 80 o`rinli oshxona mavjud.

Batafsil

Maktab o`quvchilarining amal qilishi zarur bo`lgan asosiy odon-axloq qoidalari

Maktabda mashg’ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan o’quvchilar libosi (forma)sida kelish; Toza va ozoda kiyinish, saramjom- sarishta yurish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish (o’g’il bolalar sochlarining uzunligi me’yor 2-3 smdan oshmasligi, qiz bolalarning ixcham zirakdan tashqari boshqa taqinchoqlarni taqmasligi lozim.) Chiqindilarni faqat maxsus belgilangan idishlarga tashlash; Ustozlar va maktab mehmonlari bilan uchrashganda salom berish; O’quv mashg’ulottlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik; Ta’lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, o’simliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish; Maktab yo’laklarida tinchlikni saqlash, baland ovozda gapirmaslik; Maktabda o’quv qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar va daftarlar bilan kelish (o’quvchilar uchun mo’ljallangan papka tutishi, kundalik daftarning bo’lishi,ma’naviyatga zid rasmlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanmasligi); Narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlarining iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga yo’l qo’ymaslik;

Batafsil

Maktab haqidagi fikrlar

Ota-onalarning maktab o`quvchilari, maktab jamoasi, o'quvchilarning bilm darajasi va odobi, hamda maktab hayoti haqida bildirgan fiklari

Onlayn to`garaklar

Onlayn to`garakda qatnashish

Aziz o`quvchilar vaqtingizni bekorga sarflamaslik uchun bizning onlayn to`garaklarga a'zo bo`ling


Maktab hayotidan fotolavhalar